O‘zbekiston | 18:39 / 14.05.2018
2726
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar bojxona yuk deklaratsiyasini elektron tarzda taqdim etishi mumkin bo‘ladi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Ma'lumki, bugungi kunga qadar tadbirkorlar eksport va import amaliyotlarini bajarish chog‘ida bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirish uchun albatta bojxona brokeriga murojaat qilar hamda ortiqcha xarajat sarflab, shartnoma asosida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ko‘magida ushbu ishni amalga oshirishlari zarur edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
 
Chunki, amaldagi tartiblarga ko‘ra bojxona organlariga bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish vakolati faqatgina tegishli malaka attestatiga ega bo‘lgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarga berilgan edi xolos. 

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   PF-5414-son farmoniga muvofiq  tadbirkorlarga bu borada yanada keng qulayliklar yaratildi.

Ya'ni, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan  turib, bojxona yuk deklaratsiyalarini internet tarmog‘i orqali o‘zlari to‘ldirgan holda bojxona organlariga elektron tarzda taqdim etish huquqi berildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid