Jamiyat | 09:44 / 15.05.2018
21846
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda avtomobil gaz balloni portladi, jarohat olganlar bor

13 may kuni Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida avtomobil gaz balloni portladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi I.A. uyi darvozaxonasida turgan “VAZ-2107” rusumli avtomashinasini o‘t oldirish uchun elektr simlarini bir-biriga tekizgan vaqtida avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan sizib chiqib, avtomashina saloniga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. 

Natijada I.A. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid