Erdo‘g‘an 11 davlat rahbari bilan Falastin mojarosini muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqotda Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan G‘azo sektoridagi to‘qnashuvni muhokama qildi. U bir qator davlatlar yetakchilari bilan Istanbulda 18 may kuni Islom hamkorlik tashkilotining shoshilinch yig‘ilishini chaqirilishi munosabati bilan telefon orqali muloqot o‘tkazmoqda.
«Prezidentimiz GFR kansleri Angela Merkel bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Prezident G‘azo sektorida vaziyat taranglashayotgani tufayli juma kuni Istanbulda IHTning favqulodda sammiti o‘tkazilishi haqida xabardor qildi. Suhbat chog‘ida jahon hamjamiyati falastinliklarning huquqlari buzilishiga jim qarab turmasligi lozimligi ta'kidlandi», degan manba.
Shundan so‘ng, Erdo‘g‘an Ruhoniyga qo‘ng‘iroq qilgan, ikki siyosatchining ham fikri bir joydan chiqqan va bo‘lajak sammit G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha musulmon dunyosining pozitsiyasini namoyish etishda muhim ahamiyat kasb etishiga e'tibor qaratilgan.
Turkiya prezidenti G‘azodagi vaziyat bo‘yicha rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga ham qo‘ng‘iroq qilgan. Prezidentlar AQShning Isroildagi elchixonasi Al-Qudsga ko‘chirilishi ortidan yuzaga kelgan keskin vaziyatni muhokama qilishgan.
Erdo‘g‘an Falastin rahbari Mahmud Abbos, Iordaniya qiroli Abdulla II, Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad, Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad ol-Soniy, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo va Sudan prezidenti Umar al-Bashir bilan ham telefon orqali muloqot qilib, G‘azodagi to‘qnashuv masalasida fikr almashgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

12:12 / 04.03.2025
Isroil: G‘azoda bir necha oyga yetadigan oziq-ovqat bor

21:41 / 18.02.2025
Hamas G‘azo boshqaruvini topshirishga rozi. Bu amalga oshadimi?

17:47 / 15.02.2025