Ğazo sektorida oziq-ovqat va zaxiralar yetarli, biroq Hamas a’zolari ularni tinç aholiga bermayapti. Bu haqda Isroil hukumati matbuot kotibi Devid Menser 3 mart, duşanba kuni Quddusda bölib ötgan matbuot anjumanida Isroil sektorga yuk taşişni töxtatganiga izoh berib aytib ötdi.
«Ğazoda oziq-ovqat va zaxiralar yetarli. Öt oçişni töxtatiş davrida u yerga haftasiga 4200 yuk maşinasi kirib kelgan. Bu köp oylarga yetadi», — deya Menser sözlarini keltiradi Reuters.
Vazirlar mahkamasi vakili Hamas a’zolarini öz jangçilari uçun oziq-ovqat yaşirganlikda va uni sektorning oddiy aholisi bilan baham körmaganlikda aybladi. «Ularda semirib ketiş epidemiyasini keltirib çiqariş uçun yetarli oziq-ovqat bor. Lekin siz semirayotganini körayotgan odamlar faqat Hamas a’zolaridir», — deya Menser sözlarini keltirgan AFP. Uning sözlariga köra, «Hamasda heç kim oçlikdan aziyat çekmayapti», «ta’minot bor, lekin Hamas bölişmayapti».
Netanyahuning nutqi va Knessetdagi muştlaşuv
Boş vazir Binyamin Netanyahu keça Knessetda nutq sözladi. «Hamasga aytaman: garovga olinganlarni ozod qilmasangiz, bu siz tasavvur qila olmaydigan oqibatlarga olib keladi», dedi u.
Jerusalem Post xabariga köra, şu vaqtda parlament binosida muştlaşuv boşlangan. 7 oktyabrdagi xunrezlik qurbonlarining bir neça önlab qarindoşlari qöriqçilar bilan töqnaşgan. Kamida ikki kişi jarohat olgan.










