Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod etishga tayyorligini ma’lum qildi
HAMAS jangchilari Trampning almashuv formulasiga ko‘ra, omon qolgan barcha garovga olinganlar va jasadlarni Isroilga topshirishga tayyorligini ma’lum qildi. AQSh prezidenti Isroilni G‘azo sektorini o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirdi.
Foto: Jack Guez/AFP/Getty Images
Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi doirasida G‘azo sektoridagi barcha garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda 3 oktyabr, juma kuni AFP axborot agentligi va Al Jazeera telekanali xabar berdi. Amerika yetakchisi HAMASning Tramp tashabbusiga javob matnini Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Jangchilar «almashinuv uchun zarur shart-sharoit yaratilsa» barcha tirik qolganlar va jasadlarni «prezident Tramp taklif qilgan almashinuv formulasiga muvofiq» Isroilga topshirishga rozi bo‘ldi. «Harakat ushbu kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun vositachilar orqali zudlik bilan muzokaralarni boshlashga tayyorligini tasdiqlaydi», deya ma’lum qildi HAMAS.
Guruh, shuningdek, G‘azo sektori boshqaruvini «Falastin milliy konsensusi hamda arab va islom ko‘magi asosida» mustaqil organga o‘tkazishga kelishib oldi.
Ayni paytda harakat siyosiy byurosi a’zosi Muso Abu Marzuqning ta’kidlashicha, garovga olinganlar va halok bo‘lganlarni 72 soat ichida topshirish «hozirgi sharoitda real emas, nazariy masala».
Shu bilan birga, harakat rejada nazarda tutilganidek, qurolsizlanish masalasini hal qilmadi. Qatardagi HAMAS yetakchilari AQSh prezidenti tashabbusining ayrim shartlarini o‘zgartirishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 24.02.2026
Financial Times: Trampning Tinchlik kengashi G‘azo sektori uchun steyblkoin yaratish g‘oyasini o‘rganmoqda
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026