Jahon | 10:44 / 16.05.2018
22982
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi Qrim ko‘prigining qurilishini qoraladi

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

Yevropa ittifoqining tashqi siyosiy xizmati Kerch bo‘g‘ozi orqali ko‘prik qurilishini Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligining buzilishi deb atadi.     

“Ko‘prik qurilishi noqonuniy qo‘shib olingan Qrim yarimorolining Rossiya bilan majburiy birlashishi va uning Ukrainadan yakkalanishiga qaratilgan. Ko‘prik Kerch bo‘g‘ozi orqali Ukrainaning Azov dengizidagi portlariga kemalar o‘tishini cheklaydi”, deb aytgan YeIning tashqi siyosiy xizmati vakili Mayya Kosyanchich.  

Uning aytishicha, “Yevropa ittifoqi Qrim va Sevastopolning Rossiya tomonidan noqonuniy qo‘shib olinishini qoralaydi va bu xalqaro huquq buzilishini tan olmaydi”.

15 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘prikning avtomobillar qismini ochdi. U ko‘prikdan KamAZni boshqargan holda, o‘z ortidan 30 ta yuk mashinasidan iborat karvonni olib o‘tgan. Yo‘l 16 daqiqani egallagan. 

Qrim va Krasnodar o‘lkasini bog‘lovchi ko‘prik Rossiyadagi eng uzun ko‘prik hisoblanadi, uning uzunligi 19 kmni tashkil qiladi. 16 may kuni ko‘prik avtobuslar va yengil avtomobillar uchun ochiladi.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid