Jamiyat | 10:49 / 16.05.2018
4662
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va ma'rifat markazida Toshkent harbiy okrugida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a'zolari ishtirokida «Kitoblarda hayot aksi bor» nomli ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Badiiy kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Botir Ergashev hamda shoira Farog‘at Xudoyqulova bugungi kunda nashrga tayyorlanib chop etilgan yangi adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati, kelgusida chop etilishi rejalashtirilayotgan asarlar, bugungi kitobxon va mutolaa san'ati to‘g‘risida so‘z yuritishgan. Ular ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berish bilan bir qatorda o‘zlarining ijod namunalari bilan yig‘ilganlarni bahramand qilishgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, tadbirga harbiy xizmatni o‘tagan yillaridagi harbiy libosda kegan shoir Mirzo Karimdan muxlislar allaqachon barchani ko‘nglidan joy olib, qo‘shiqqa aylangan «Orangizda onam bo‘lsaydi...» nomli she'rini aytib berishini so‘rashdi. Shoir ushbu she'rini muxlislariga o‘qib berdi.

«Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib, barcha sohalarda globallashuv davom etsa-da, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, har qanday kashfiyot kitob mutolaasiga to‘sqinlik qila olmaydi. Aksincha, barcha o‘zgarishlarning tub mohiyatini anglab yetishga yordam beradi», – deydi podpolkovnik To‘lqin Xalilov.

Mavzuga oid