Total kompaniyasi AQSh sanksiyalari sababli “Janubiy Fors” loyihasidan chiqmoqchi
Fransiyaning Total neft-gaz korporatsiyasi Eronning AQSh sanksiyalari sababli “Janubiy Fors” loyihasidan chiqmoqchi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan.
Bayonotda aytilishicha, kompaniya sanksiyalar sababli “Janubiy Fors. 11-faza” loyihasida ishtirok eta olmaydi va u bilan bog‘liq barcha amaliyotlarni 2018 yil 4 noyabragcha to‘xtatishga majbur.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgan. Shu munosabat bilan Tramp Tehronga qarshi nafaqat eski sanksiyalarni qaytarishga, balki yangilarini kiritishga va'da bergan.
Janubiy Fors dunyodagi eng yirik gaz koni bo‘lib, uning zaxiralari 13,8 trln kubmetrga baholanadi. Eron o‘tgan asr oxiridan bu konning maydonini 28 ta fazaga bo‘lib, uni sekin-asta o‘zlashtirib bormoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024