Iqtisodiyot | 16:15 / 16.05.2018
9515
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» va General Electric o‘rtasida kelishuv imzolandi

Foto: Getty Images

General Electric (GE) va «O‘zbekenergo» energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatida.

GE va «O‘zbekenergo» O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida kelishuv imzoladi.

Xususan, tomonlar Toshkent IESda yangi bug‘-gaz blokini qurish imkoniyatini ko‘rib chiqadilar. Yangi blokning quvvati 660 megavattdan ortiq bo‘ladi. Blok 660 MVt.ga quriladi.

Shuningdek, kompaniyalar ishchi guruh tuzadilar. Guruh O‘zbekistonda yangi ko‘mir energobloklari uchun bug‘-kuchli generatsiyada yuqori samarali texnologiyalarni qo‘llash istiqbollarini tahlil qiladi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, GE texnologiyasidan foydalanish ko‘mirni samaraliroq yoqish, shuningdek, chiqarib tashlash bo‘yicha xalqaro normalarga amal qilish hisobidan energiya bloklarining operatsion ko‘rsatkichlarini oshirishi mumkin.

«Biz «O‘zbekenergo» bilan mamlakat energetika inshootlarining quvvatlarini oshirish va ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdan mamnunmiz, - deydi GE’ning Markaziy Osiyo, Rossiya va MDH bo‘yicha bosh direktori Bela Ferentsi. - GE ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash O‘zbekiston aholisi va sanoat korxonalarini yuqori sifatli hamda ishonchli energiya bilan ta'minlashga yordam beradi». 

Mavzuga oid