O‘zbekiston | 18:50 / 17.05.2018
8757
2 daqiqa o‘qiladi

Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mita hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlandi

Foto: Ukraina.ru

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hay'ati a'zolari tarkibi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hay'ati a'zolarining soni 7 (yetti) nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. Suhrob Xolmurodov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi
2. Sunatulla Bekenov - Raisning birinchi o‘rinbosari 
3. Laziz Qudratov - Raisning birinchi o‘rinbosari 
4. Shuhrat Vafoyev - Rais o‘rinbosari
5. Shamil Burnashev - Rais o‘rinbosari
6. Kamal Sodiqov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qo‘mitasi raisi
7. Sardor Sagdullayev - Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar moliyaviy va texnik ko‘maklarni jalb qilish departamenti boshlig‘i

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hay'ati a'zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017 yil 30 dekabrdagi 1041-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Mavzuga oid