Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sel oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida yuzaga kelgan sel oqimi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
«Joriy yilning 16 may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, shu kuni soat 06:30larda Chiroqchi tumani, «Mirzato‘q» MFY, «Sariqqamish» qishlog‘ida kuchli yomg‘ir natijasida sel oqimi yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyat natijasida 5 nafar inson halok bo‘lgan», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir tufayli 4ta xo‘jalikni suv bosgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
11:50 / 05.06.2026
Popda cho‘kib ketgan yigit jasadi 8 kunlik qidiruvdan keyin topildi
19:37 / 04.06.2026