Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?
Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar.
“Huquqiy axborot” kanalida xabar qilinishicha, ularning ijtimoiy ta'minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta'minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritiladi
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
15:27 / 20.09.2024