Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng xaridorgir Android-smartfon ma'lum qilindi
Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2018 yil 1-choragi uchun hisobotida Xitoyning Xiaomi kompaniyasining hamyonbop Redmi 5A smartfonini mart oyida eng ko‘p sotilgan Android-smartfon deb ma'lum qildi. Xiaomi bunday natijaga ilk bor erishdi.
Xiaomi 100 dollar turuvchi Redmi 5A’ni 2017 yil kuzida taqdim qilgan. Smartfon, shuningdek, operatsion tizimidan qat'iy nazar barcha smartfonlar ichida 3-raqamli eng xaridorgir telefon bo‘ldi. Bu borada 1-o‘rinni bozorning 3,5 foiz ulushini egallagan iPhone X, 2,3 foizlik ulush bilan iPhone 8 Plus egallamoqda. Xiaomi Redmi 5A hissasiga mart oyida butun dunyo bo‘ylab sotilgan smartfonlarning 1,8 foizi to‘g‘ri kelgan.
4-o‘rinni Oppo A83 modeli, Samsung Galaxy S9 va S9 Plus modellari esa mos ravishda 5-6-o‘rinlarni egallagan.
Mavzuga oid
17:00 / 15.12.2025
Xiaomi’dan Yangi yil aksiyasi: 15-31 dekabr kunlari Redmi smartfonlariga maxsus narxlar
00:11 / 14.12.2025
Xiaomi “ChatGPT qotili”ni ishlab chiqdi
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:06 / 28.10.2025