O‘zbekiston | 14:20 / 19.05.2018
5891
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda O‘zbekiston - Ukraina iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi 

Foto: UkrNews24

O‘zbekistonning Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan 2018 yilning 6 iyun kuni Kiyev shahrida “O‘zbekiston va Ukraina: iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida O‘zbekiston-Ukraina iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Forum doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususan to‘qimachilik, poyabzal-charm, elektr texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish mahsulotlari, kimyo va neft-kimyo mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Bu forumda ishtirok etish uchun ikki mamlakat biznes vakillari va O‘zbekistonning Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari rahbarlari, Ukrainaning Lvov, Zaporojye, Xarkov, Sumi, Xerson va Kiyev oblastlari ma'muriyatlari rahbarlari taklif qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid