Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real Madrid» skautlari Toshkentga tashrif buyuradi
2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati «Real Madrid» klubi mutasaddilari bilan uchrashib, Qirollik klubining Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida, O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabini ochish, «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.
Unga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga «Real» klubi skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi.
Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, “Bunyodkor” stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida “Real Madrid Kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026