O‘zbekiston | 23:12 / 19.05.2018
20534
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Garrining to‘y marosimini Toshkentda ham nishonlashdi

Britaniyalik shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Markl nikohdan o‘tishdi. Ushbu marosim va qirolicha Yelizavetta II tavallud kuni munosabati bilan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bazm uyushtirdi. 

Londonda o‘tgan asosiy marosim qirollik oilasi a'zolari, juftlikning yaqin do‘stlari va ko‘plab mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi elchining rezidetsiyasida bo‘lib o‘tgan bayram kechasida ham xorijiy diplomati korpus vakillari, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, turli tashkilot va idora mutasaddilari hamda elchixonaning faxriy mehmonlari ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar britancha chipsi va baliq, milliy taomlar bilan siylandi. Hovlida o‘rnatilgan katta ekran orqali mehmonlar nikoh marosimini kuzatib borishdi. 

Nikohda Garrining kuyov jo‘rasiga akasi shahzoda Uilyam aylandi. Kelinni mehrobga shahzoda Charlz olib keldi. ​​Shunday qilib, qirollik oilasida 7 yildan so‘ng yana to‘y marosimi o‘tkazildi.

Mavzuga oid