Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniyaning yangi nomi qanday bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev mamlakatining yangi nomi Ilinden Makedoniyasi Skope uchun ham, Afina uchun ham maqbul variant ekanligini ma'lum qildi.
Gretsiya o‘zining Makedoniya viloyati bilan chalkashlik bo‘lmasligi uchun qo‘shni davlat Makedoniyaning nomi o‘zgartirilishini talab qilib keladi. Gretsiya va Makedoniya o‘rtasida deyarli 30 yildan beri davom etayotgan bahs Makedoniyaning NATO va Yevropa ittifoqiga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Makedoniya konstitutsiyasida davlat nomi “Makedoniya Respublikasi” deb keltirilgan va uni 142 ta davlat tan oladi.
Makedoniyaning yangi nomini Ilinden Makedoniyasi deb atash taklifida 1903 yilda Usmon imperiyasiga qarshi Krushevo shahrida yuz bergan Ilinden qo‘zg‘oloniga havola qilingan. Bu qo‘zg‘olon Iliya kuni, ya'ni 2 avgustda boshlangan. Hozir bu kun davlatning bosh bayrami – Respublika kuni sifatida nishonlanadi.
Mavzuga oid
14:44 / 05.01.2026
Gretsiya aloqa tizimi nosozligidan keyin aviaqatnovlarni qayta tikladi
12:51 / 22.11.2025
O‘zbekiston elchisi Gretsiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
14:21 / 17.11.2025
Gretsiya Ukrainaga AQShdan suyultirilgan gaz yetkazib beradi
07:34 / 08.11.2025