Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko‘ra Dohaga jo‘nab ketgan edi.
O‘FA rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, Umid Ahmadjonov Dohada JCh—2022 tashkiliy qo‘mitasi rahbariyati bilan ham ko‘rishib, JChga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida Infantino O‘zbekistonda futbolni rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, jahon chempionatiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar borasida fikr almashildi.
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo‘yilgani, bu vazifani amalga oshirish uchun tayyorgalik hozirdan boshlangani haqida xabar berib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Marokash, Senegal kabi JCh ishtirokchilari bo‘lgan bir qator kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilayotgani, futbolchilarimiz bugun ham Osiyoning grandlaridan biri Eronga qarshi maydonga tushganliklari ta'kidlandi.
Janni Infantino amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlarni yuqori baholab, ushbu sa'y-harakatlar albatta ijobiy samara berishini, O‘zbekiston JCh-2022 ga yo‘llanma olishiga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
21:59 / 09.11.2020
Umid Ahmadjonov BAA futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
20:22 / 13.06.2019
«Qilganlarimiz va qila olmaganlarimiz uchun muxlislar bizdan rozi bo‘lishsin». O‘FAdan ketgan Umid Ahmadjonov bilan intervyu
15:20 / 13.06.2019
Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda
13:58 / 13.06.2019