Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn AQShning Eronga nisbatan talablarini qo‘llab-quvvatladi
Bahrayn tashqi ishlar vazirligi AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi va bunday pozitsiyani bildirgan ilk arab davlati bo‘ldi.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘z nutqida Vashington Tehron bilan yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqqandan keyin Eronga nisbatan 12 ta talabdan iborat ro‘yxatni bayon qildi. U Tehrondan yadroviy kelishuvning barcha asosiy qoidalariga va Eron rahbariyatining mintaqada va o‘z davlatidagi siyosatga tegishli bir qator talablarga rioya qilishni talab qilgan.
Bahrayn tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasi Eronning mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka qarshi qaratilgan siyosatiga qarshi turish, Eron bilan yadroviy kelishuv qabul qilinishi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish va Eronning ballistik raketalarni rivojlantirish dasturini taqiqlash bo‘yicha talablarni aks ettirgan.
Bahrayn Eron tinchlik o‘rnatish va ixtiloflarni hal qilish bo‘yicha bildirilgan barcha talablarni bajarishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:46
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30
O‘limga tik boqqan odam – vulqon lavasi ostida qolgan fotograf
21:07
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026