Iqtisodiyot | 11:41 / 21.05.2018
4429
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron tijoratda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi

Foto: Getty Images

Elektron tijoratda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi. Bu prezidentning «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ilovada nazarda tutilgan. 

Spot’ning yozishicha, yil oxirigacha elektron tijorat hujjatlarida yuk hujjatlari rasmiylashtiruvini soddalashtiradigan tartib ishlab chiqiladi va tatbiq etiladi.

Xususan, elektron savdo orqali xarid qilinadigan va sotiladigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi hamda deklaratsiyalash tartibi soddalashadi. Shuningdek, bu eksport yoki import qilingan mahsulotlar uchun ham amal qiladi.

Tegishli hujjat 2019 yil 1 yanvargacha tayyor bo‘lishi kerak. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas'ul etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq internet-do‘konlar uchun logistika infratuzilmasini yaratishga xususiy biznes jalb etilishi xabar berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid