Jamiyat | 09:38 / 22.05.2018
14819
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda mavsumiy ishchi tadbirkorni miltiqdan otib o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Illyustrativ foto/gorod3466.ru

2018 yil 19 may kuni soat 18:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida mavsumiy ishchi K. yakka tartibdagi tadbirkor Yu.ning uyida, o‘rtalaridagi kelishmovchilik oqibatida ov miltig‘i bilan unga o‘q uzgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Yu.ning faol qarshiligi tufayli K. jinoiy qilmishini yakuniga yetkaza olmagan va hodisa joyidan qochib yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 248-moddasi 1-qismi (o‘qotar qurolga noqonuniy egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid