Jahon | 10:10 / 22.05.2018
11021
2 daqiqa o‘qiladi

«AvtoVAZ» Lada Priora va Kalina ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Foto: AVTOVAZ

«AvtoVAZ» kompaniyasi rahbariyatining xabar berishicha, Lada Priora va Kalina avtomobillarini ishlab chiqarishdan olish bo‘yicha rejalar bor. Bu haqda «Vedomosti» kompaniya o‘z sotuvchilari orasida tarqatgan xatga asosan xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bu markadagi avtomobillarni ishlab chiqarishdan iyul oyida olib tashlash rejalashtirilmoqda. Bu bilan, xususan, Lada Priora’ning iyul oyiga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejalarida yo‘q ekani tushuntiriladi.

Shuningdek, iyul oyiga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejasida Granta va Kalina modellari ham yo‘q. Ta'kidlanishicha, kompaniya rahbariyati restaylingga qadar bo‘lgan modellar ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda hamda ularni X-yo‘nalishida taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Lada Priora’ni ishlab chiqarish 2007 yilda boshlandi, u bir qancha vaqt davomida Lada modelidagi avtomobillar sotuvi reytinglarida yuqori pog‘onalarni ham egallab keldi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid