AvtoVAZ qanday qurilgan edi? - Sobiq ittifoq avtosanoati avangardi tarixiga nazar
|16:00 / 19.01.202096 63113 min
1950-yillarda sovet ittifoqida aholining turmuş darajasi va daromad pastligi tufayli odamlarda avtomobil sotib oliş uçun pul bölmagan. Ustiga ustak, unça rivojlanmagan va ğarib avtosanoat faqat bir neça turda avtomobillar işlab çiqargan, xolos.
Öşa paytlarda sovetlar faqat uçta modelda yengil avtomobil işlab çiqarişar edi: «Moskviç», «Pobeda» va «Zaporojyets». «Pobeda»ni öziga töqroq fuqarolar, «Moskviç»ni örtahollar sotib olişgan bölsa, «Zaporojyets» asosan röyxat asosida uruş qatnaşçilariga berilgan. Uruş faxriylaridan ortgani aholiga sotilgan.
Şu örinda bir eslatma: Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng SSSR Germaniyadagi juda köplab zavod-fabrikalarning uskunalarini köçirib keladi va mahsulotlarning nomini özgartirib, özida işlab çiqara boşlaydi.
Masalan, 1945 yilda dunyoga maşhur «General Motors» kompaniyasining Germaniyadagi şö’basi bölgan «Opel AG» avtomobil zavodining uskunalari Moskvaga köçirib kelingan. Şu tarzda Germaniyada işlab çiqarilgan «Opel Kadett K38» bu yerda «Moskviç-400» nomi bilan işlab çiqarilgan. Ittifoq konstruktorlarining özlari yasagan «Moskviç» 1950-yillarning örtalaridan boşlab paydo bölgan.
1960-yillarga kelib Ğarb dunyosi, xususan, AQŞ, Germaniya, Fransiya, Italiya, şuningdek Yaponiya avtomobil sanoati juda rivojlanib ketdi va bu davlatlarning har birida 4-5tadan avtomobil zavodlarining har biri kamida 10-15ta markada avtomobil işlab çiqarar edi.
Ana şunday holatda ittifoq rahbariyati zamonaviy «xalqçil» avtomobil zavodi quriş lozimligini tuşunib yetdi. Ammo zamonaviy avtomobil zavodini sovetlarning özi qurolmas edi: avtomobil ehtiyot qismlarini işlab çiqaruvçi zamonaviy liniyalarni tayyorlab beradigan zavodlarning özi yöq edi. Şu jihatdan, sobiq ittifoq avtosanoati xorijlik hamkorlar kömagiga muhtoj edi.
Zamonaviy avtozavod quriş uçun xorijdan hamkorlar qidiriş işlari boşlandi. Germaniya, Fransiya, Italiyaning bir neçta avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalari bilan muzokalar ötkazildi. Ularning zavodlariga borib işlab çiqariş jarayoni kuzatildi, modellar örganildi.
Yakunda Italiyaning «Fiat» kompaniyasi bilan hamkorlik qiliş haqida kelişuv imzolandi.
Zavod quriladigan şahar sifatida 54ta hududdan öşa paytda Kuybişev (hozirgi Samara) oblastidagi şaharça tanlandi. Şaharga 1964 yilda italiyalik kommunist Palmiro Tolyatti nomi berilgan. Ungaça 300 yillik tarixga ega şahar Stavropol-na-Volge deb atalgan. Italiyaliklar bilan hamkorlik qiliş aniq böla boşlagaç, sovetlar darhol Samara yaqinidagi bu şaharni nomini italyan kommunisti nomi bilan atab, söng italiyalik hamkorlarga zavodni aynan uşbu şaharda quriş rejasini bildirişadi.
Mavzuga oid
«Fiat» prezidenti Janni Anelli bilan SSSR Avtosanoat vaziri Aleksandr Tarasov örtasida Tolyatti şahrida «Fiat» modellari asosida avtomobil işlab çiqaruvçi zavod qurilişi va özaro hamkorlikda avtomobil işlab çiqarilişi böyiça şartnoma 1966 yilda imzolanadi.
1966 yilning 20 iyulida «Tolyatti şahrida avtomobil zavodi quriş haqidagi hukumat qarori» e’lon qilinadi. Öşandan beri 20 iyul sanasi «AvtoVAZ» taşkil topgan kun sifatida nişonlanadi.
Ilk yillarda zavodni yiliga yarim million avtomobil işlab çiqaradigan qilib quriş, keyinçalik uni yana kengaytirib boriş reja qilindi. Şu tariqa, Tolyatti şahrida zavod qurilişi boşlandi.
«Fiat» kompaniyasi bilan hamkorlik qilinişining yana bir sababi — kompaniya 1966 yilda işlab çiqargan «FIAT 124» modeli öşa yili Yevropada «yil avtomobili» nominatsiyasida ğolib çiqqan edi. Şuning uçun ham hamkorlik şartnomasida eng birinçi xuddi şu markani işlab çiqariş haqida kelişuv imzolandi.
Avtozavod qurilişini boşlaş haqida hukumat qarori çiqqanidan söng, Tolyatti juda katta quriliş maydoniga aylandi. Bu yerga ittifoqning turli hududlaridan köplab quruvçilar kela boşlaşdi.
Uşbu avtozavod qurilişi uçun SSSRdagi 884ta maşinasozlik zavodlari ehtiyot qism tayyorlab bergan bölsa, xorijdagi yana 900ta turli zavod va kompaniyalardan ehtiyot qismlar olib kelingan. Avtozavod Italiya kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan bölsa-da, bu zavodga Italiya kompaniyalari bilan birgalikda Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya hamda AQŞdagi turli zavod va kompaniyalar ham ehtiyot qismlar yetkazib beradi.
Avtozavodni quriş rejasida uni işga tuşiriş muddati olti yil etib belgilangan edi. Ammo, quruvçilar uni uç yarim yilda qurib, jihozlab bölişdi va 1970 yil 19 aprelda zavod konveyeridan ilk oltita avtomobil çiqdi. Bu öşa «Fiat 124» modelining «sovetça varianti» — VAZ-2101 «Jiguli» avtomobili edi.
«Jiguli» nomi Samara va Tolyatti şaharlari orasidagi Jiguli past toğlari nomidan olingan.
VAZ-2101 «Jiguli» avtomobili öşa paytda «kopeyka» laqabini oldi. Lekin, uşbu avtomobilning narxi öşa paytda ançagina qimmat edi va sobiq ittifoqda yaşaydigan köpçilik bu avtomobilni xarid qilolmas edi.
«Jiguli» çiqarila boşlangaç ittifoqda avtomobil taqçilligi biroz kamaydi. Ammo, öşa paytda VAZ-2101ni dökonlardan, erkin savdodan topib bölmas edi. Odamlar pulini tölab, kamida 2 yil kutar edi. Uşbu avtomobilni qisqaroq muddatda, masalan olti oy yoki bir yilda oliş uçun kattaroq lavozimda işlaydigan amaldor yoki yuqori lavozimli partiya xodimini aralaştiriş lozim bölar edi.
Şuningdek mamlakat böylab mehnat ilğorlariga navbatsiz avtomobil xarid qiliş imkoniyati berilar edi.
VAZ-2101 «Jiguli» 1970 yildan 1988 yilgaça işlab çiqarildi va uşbu modeldan avtozavod umumiy 4,8 million dona işlab çiqargan.
Yuqorida «odamlar VAZ-2101’ni sotib oliş uçun ikki yillab kutgan» deyildi, bunga 1971 yildan boşlab VAZ-2101 xorijga eksport qilinişni boşlangani ham sabab bölgan. Uşbu avtomobil öz davrida nafaqat öz avtosanoatiga ega bölmagan davlatlarga, balki öz avtosanoatiga ega bölgan davlatlarga ham eksport qilingan.
Xorijga eksport qilingan VAZ-2101 avtomobillar «Jiguli» nomida emas, balki «LADA» brendi bilan eksport qilingan.
Sobiq ittifoqdan xorijga avtomobil eksport qiliş masalasida şunday yöl tutilganki, avtozavodda xorijga eksport qilinadigan avtomobillar alohida tayyorlanib, ularning sifati mamlakat içida sotiladigan avtomobillardan ança farq qilgan. Ayniqsa, avtomobil salonini jihozlaşda eksportga çiqariş uçun işlab çiqarilayotgan avtomobillarga katta e’tibor berilgan.
1976 yilda AvtoVAZ özining eng muvaffaqiyatli modellaridan biri, VAZ-2106 modelini işlab çiqarişni boşlaydi. Bu modelning körinişi VAZ-2101 modelidan biroz farq qilar edi. Uşbu model AvtoVAZ konveyerlaridan 2006 yilgaça çiqdi. Umumiy hisobda AvtoVAZ VAZ-2106 modelidan ham 4 million donadan oşiqroq işlab çiqargan.
Avtomobil «Fiat» kompaniyasi tomonidan 1972 yilda işlab çiqarilişi boşlangan «FIAT 124 Speciale» modelining özi edi. Unga 1,6 hajmli, 75 ot kuçiga ega bölgan motor örnatilgan va u öz tezligini 152 km/soatga çiqara olar edi.
1977 yilda AvtoVAZ xorijda «rus Jipi» nomi bilan maşhur bölgan VAZ-2121 «Niva» avtomobilini işlab çiqara boşladi. Bu avtomobil AvtoVAZda sovet konstruktorlari tomonidan yasalgan ilk model edi.
«Niva» VAZ-2121 xorijga eksport qilingan avtomobillar orasida eng muvaffaqiyatli çiqqan model hisoblanadi. Uzoq yillar davomida uning faqat 30 foizi mamlakat içida sotilgan, 70 foizi xorijga eksport qilingan. Jumladan, Yevropa, Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo mamlakatlari va hatto Kanada va Buyuk Britaniyagaça uşbu avtomobil yetkazib berilgan.
«Niva» öşa paytda hatto dunyo avtomobil sanoatini egallagan Yaponiyaga ham eksport qilingan. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston kabi mamlakatlarda yöllarda harakatlaniş çap taraflama bölgani uçun bu mamlakatlarga eksport qilingan avtomobillar rul çambaragi öng tarafga örnatilgan holda işlab çiqarilgan.
1977 yilda jami 2,5 million dona «Niva» işlab çiqariladi. Uşbu model 2005 yilgaça «Niva» VAZ-2121 nomi ostida işlab çiqarildi. 2005 yildan boşlab esa «LADA» 4x4 nomini oldi. Oradan ança yillar ötib, ittifoq tarqab ketganidan söng AvtoVAZ AQŞning «General motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi «Niva Chevrolet» modelini yaratib, ança yillar bu modeldagi avtomobillarni Rossiyaning özida ham, xorijda ham muvaffaqiyat bilan sotdi.
Ammo, 2014 yilda boşlangan Ukraina-Rossiya mojarosidan keyin xalqaro hamjamiyat, şu jumladan AQŞning Rossiya iqtisodiga nisbatan sanksiyalar joriy etişi oraga sovuqçilik tuşişiga sabab böldi. Rossiya tomonining AQŞ kompaniyalariga qarşi joriy qilgan javob sanksiyalari tufayli «Niva Chevrolet» modelini işlab çiqariş töxtatildi. Uning örniga AvtoVAZ «Urban» modelini işlab çiqarişni yölga qöydi. Ammo bu model unça ommalaşmadi.
Darvoqe, 1991 yilgaça AvtoVAZ yana köplab modellarni taqdim etdi. Ularning bir qismi, masalan VAZ-2103, VAZ-2105, VAZ-2107, VAZ-21011 kabi modellar «Fiat» kompaniyasining modellari bölsa, 1980-yillarning boşida yaratilgan VAZ-2108 va VAZ-2109 modellari AvtoVAZning öz konstruktorlari tomonidan yasalgan edi. Bu ikki model ikki xil «Sputnik» va «Samara» markalari bilan çiqariladi.
1991 yilda ittifoq tarqab ketişi ortidan AvtoVAZ uçun oğir damlar boşlanadi.
Bir tarafdan aholining xarid quvvati pasayişi, ikkinçi tarafdan, eksportga avtomobil çiqmay qolgani, uçinçidan, Rossiya avtomobil bozoriga xorijdan köplab arzon avtomobillar kirib kelişi AvtoVAZni tom ma’noda «sindirdi».
Boz ustiga, zavod sexlari ustidan nazoratni turli jinoiy guruhlar egallab olib, maşina savdosi bilan öşalar şuğullana boşladi.
AvtoVAZ şu holatda 2000 yilgaça «amallab» yetib keldi. Rossiya rahbarligiga Putin kelganidan söng, bir tarafdan AvtoVAZga xorijdan hamkor qidiriş işlari boşlangan bölsa, ikkinçi tarafdan zavodni egallab olgan jinoiy tödalarga qarşi ayovsiz kuraş boşlandi. Bu kuraş natijasida şu narsa oşkor böldiki, AvtoVAZdagi jinoiy tödalarga mamlakatdagi taniqli va badavlat insonlar rahnamolik qilgan. Ulardan biri Boris Berezovskiy bölsa, yana biri uning öng qöli va hamkori Badri Patarkatsişvili edi.
Öşa «tozalaş» vaqtida ulardan biri Patarkatsişvili öldirildi, Berezovskiy esa Londonga qoçdi. Şu tariqa, AvtoVAZ jinoiy tödalar çangalidan ozod qilinib, uning aksiyalaridan ma’lum qismi Fransiyaning «Renault» kompaniyasiga sotiladi. Şundan keyin bu kompaniya SSSR vaqtida işlab çiqarilgan barça eskirgan modellardan voz keçib, yangi modellar işlab çiqarişga kirişadi.
Bugungi kunda AvtoVAZ LADA 4x4, LADA Largus, LADA Granta, LADA Vesta, LADA X-RAY kabi modellarni işlab çiqarmoqda. Umuman olganda AvtoVAZ Yevropadagi eng yirik avtozavodlardan biri böla oldi. Avtozavod bugungi kungaça 50dan ortiq modelda qariyb 30 millionta avtomobil işlab çiqargan.
Yuqorida qayd etilganidek, bugungi kunda, Rossiya iqtisodiyotiga qarşi AQŞ boşliq Ğarb dunyosi sanksiyalari davom etmoqda. Tabiiyki, AvtoVAZning işlari ham yaxşi emas. Sanksiyalar ilk joriy etilgan 2014 yildan buyon AvtoVAZning avtomobil işlab çiqarişi, uni sotiş körsatkiçlari Rossiyada xorijiy avtomobillar savdosi fonida tuşib ketgan.
Masalan, 2018 yilda Rossiyada 1,6 million dona yangi avtomobil sotilgan. Şundan 350-400 mingtasini yoki bor yöği 25 foizini AvtoVAZ işlab çiqargan avtomobillar taşkil etdi. Agar Germaniya, Fransiya, Yaponiya kabi avtomobilsozlik rivojlangan davlatlardagi holatga qarasangiz, ularda özida işlab çiqarilgan avtomobillar savdosi kamida 60-70 foizni taşkil etadi.
Rossiyada AvtoVAZ avtomobillarining savdosi tuşib ketganiga asosiy sabab bu yerda yiğilayotgan avtomobillar hanuz sifat va qulaylik tarafdan xorij kompaniyalari işlab çiqargan avtomobillarga yutqazayotgani bölmoqda. Şuning uçun ham xaridorlarning bir qismi yangi xorij avtomobillarini sotib olayotgan bölsa, yana bir qismi ikkilamçi bozordan xorijdan keltirilgan avtomobillarni xarid qilmoqda.
Umuman olganda, AvtoVAZning keyingi taqdiri Rossiyaning xalqaro hamjamiyat bilan qanday aloqa örnatişiga boğliq. Agar xalqaro hamjamiyat Rossiyaga qarşi iqtisodiy sanksiyalarni davom ettiraversa, bu AvtoVAZga ham aks ta’sir qilişi aniq. Agar, sanksiyalar yumşatilsa yoki olib taşlansa AvtoVAZ istiqbolda yana gurkirab ketişi mumkin.