O‘zbekiston | 08:58 / 26.04.2023
6516
1 daqiqa o‘qiladi

«AvtoVAZ» yangi Lada Vesta avtomobilini O‘zbekistonda yig‘ish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti

Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, dedi kompaniya prezidenti Maksim Sokolov Toshkentda o‘tayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko‘rgazmasida.

Foto: Roodell

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Maksim Sokolov yangi Lada Vesta O‘zbekistondagi hamkor zavodining konveyeriga aylanishi mumkinligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

«Hozirda hamkorimiz bilan birgalikda avtomobillarimizni yig‘ishni tiklash bo‘yicha eng yaqin rejalarni faol ko‘rib chiqmoqdamiz. Shuningdek, u yangi avlod Lada Vesta`ning flagman modeli bo‘ladi», — dedi Maksim Sokolov.

Kompaniya O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada rivojlantirishni ham rejalashtirgan. Payvandlash va bo‘yash ishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, dedi u.

2021 yil kuzida Roodell kompaniyasi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi ADM Jizzakh korxonasida Lada avtomobillarini seriyali yig‘ishni boshlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid