Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson: Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish shart
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, Britaniya tomonida «Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan kishilarni siquvga olish uchun» o‘z usullari bor. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
«O‘ylashimcha, ba'zi shaxslarga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan effekt kuchli yashirildi, hamda men shuni ta'kidlab o‘tmoqchimanki, bizda o‘z tizimimiz va yondashuvimiz bor. Britaniya Putinga yaqin bo‘lgan hamda noqonuniy ravishda olingan mablag‘lari bor bo‘lgan shaxslarga nisbatan nima qilishi mumkin ekaniga oid masala ko‘ndalang turibdi», - deya aytib o‘tdi Jonson.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Britaniya tomoni Yevroittifoq tarkibida ekani tufayli o‘z sanksiyalar rejimi bilan shug‘ullana olmaydi, sababi buni boshqa ishtirokchilar bilan muvofiqlashtirish zarur. Jonsonning qayd etishicha, YeIdan 2019 yilning martida chiqib ketilgach, Buyuk Britaniyada ancha qat'iy pozitsiyani egallash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026