Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Mercedes-Benz modellari ishlab chiqarilmoqchi
Daimler konserni Fransiyaning Ambashedagi zavodida Mercedes-Benz modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish uchun kompaniya 500 mln yevro sarflaydi. Hozirda Ambasheda Smart ForTwo yig‘iladi.
Daimler vakillari Ambashedagi zavodda qaysi model ishlab chiqarilishini ma'lum qilishmagan, biroq bu Frankfurtda taqdim qilingan EQA elektr prototipining savdoga chiqariladigan varianti bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu elektrokar 2019 yilda seriyali ishlab chiqarila boshlanadi.
Kontseptual xetchbek umumiy quvvati 272 ot kuchini tashkil qiluvchi ikkita elektromotor va 60 kilovatt-soatlik batareya bilan jihozlangan. EQA bir quvvatlanishda 400 kmgacha yo‘l bosa oladi.
Ushbu prototipning o‘ziga xos jihatlari old chiroqlaridagi tolali lazerlar, harakatlanish rejimiga ko‘ra tashqi ko‘rinishini o‘zgartiruvchi virtual radiator panjarasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026