O‘zbekiston | 13:08 / 22.05.2018
48702
3 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasiga doir yangi farmonni imzoladi

Foto: Skrinshot /Youtube

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan taqdim etilgan.

Hujjat bilan belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni «kalit topshirgunga qadar» (Engineering Procurement Construction) shartlarida amalga oshirishda pudratchilarni, shu jumladan, xorijliklarni, tegishli litsenziya va (yoki) qurilish sohasidagi ruxsatnomani olmasdan ishlashiga ruxsat berishi mumkin. Bunda pudratchiga loyihalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha barcha javobgarlik yuklanishi majburiy shartga aylanadi.

Shuningdek, YeRS-pudratchilar loyihalarni «fast-track» (bir vaqtning o‘zida loyihalash, xarid qilish va qurilish ishlari) usuli bilan amalga oshirishda shunga o‘xshash loyihalarda amaliy tajribaga, ma'lum bir moliyaviy ko‘rsatkichlarga, muhandislik tarkibining tegishli soniga ega bo‘lishi hamda Agentlik bilan o‘rnatilgan boshqa mezonlarga mos kelishi lozim.

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Hujjat bilan qurilish loyihalari ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash bekor qilindi.

Belgilanishicha, qurilish sohasidagi alohida faoliyat turlarini litsenziyalash O‘zbekiston Qurilish vazirligi tomonidan Agentlik bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi.

Milliy loyiha boshqaruvi huzuridagi akkreditatsiya bo‘yicha markaz qurilish loyihalarini qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizasini amalga oshiruvchi shaxslarning akkreditatsiyasiga mas'ul organga aylandi.

Agentlik davlat buyurtmachisi va «fast-track» uslubida loyihalarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan YeRS-pudratchi o‘rtasida davlat xaridlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomani imzolashga ruxsat berish huquqiga ega ekani belgilab qo‘yildi.

Markaz «fast-track» uslubida loyihalarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan YeRS-pudratchilar tomonidan texnik tartibga solish sohasida xalqaro va (yoki) milliy normativ hujjatlarning foydalanilishiga talablar qo‘yishi hamda uni muvofiqlashtirishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid