Toshkent viloyatida mudhish qotillik yuz berdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida 2018 yil 16 fevraldagi bedarak yo‘qolib qidiruvda bo‘lgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan, Sergeli tumani Obirahmat ko‘chasida joylashgan “Abror style” go‘zallik saloni ishchisi N.M. ismli ayol shu go‘zallik salonidan noma'lum ayol bilan noma'lum tomonga ketib bedarak yo‘qolgan edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida Toshkent shahar Sergeli tumanida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi M.A. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida N.M.ning yuziga sirka kislotasini sepib, bo‘yin hamda yelka qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, so‘ng tanasini bolta bilan bo‘laklarga ajratib, polietilen qoplarga joylashtirganligi va Quyi Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosiga tananing qorin qismini tashlab yuborganligi hamda tananing qolgan qismlarini shu daryo qirg‘og‘ida joylashgan chakalakzorga tashlab ketganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan.
Mavzuga oid
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024