O‘zbekiston mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi
21 may kuni Rossiya Federatsiyasining mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi harbiy delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keldi.
22 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov kutib oldi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mudofaa sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, harbiy-texnikaviy sohada o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakatning Mudofaa vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning huquqiy asoslari davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo tuzilmalarning o‘ttizga yaqin hujjat sanaladi.
2000 yildan boshlab, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida har yili tasdiqlanadigan Harbiy hamkorlik bo‘yicha reja asosida amalga oshiriladi. Bu rejalarni amalga oshirish doirasida tezkor va jangovar o‘quv, ta'lim, harbiy xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, havo harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini ta'minlash, harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish, tibbiy ta'minotni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu davrda, yuqorida aytib o‘tilgan rejalar doirasida ikki davlat hududida ortiq 290 qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi.
2017 yil 24 oktabrda Toshkentda mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. 2017 yil sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi huzurida harbiy attashe mavjud.
2017 yil oktabr oyining boshida Forish tog‘ poligoni (Jizzax viloyati) bazasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma harbiy mashqlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamladi va o‘zaro manfaatli aloqalarga yangi turtki berdi. Xususan, O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining tegishli bo‘linmalari eng qiyin tog‘ sharoitida birgalikda ishlash tajribasi va qobiliyatlarini namoyish qildi.
Uchrashuvdan so‘ng yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasiga tashrif buyurib, oliy harbiy ta'lim muassasasining vazifalari, faoliyati va tarixi, shuningdek, harbiy xizmatchilarni o‘qitishning yangicha yondashuvlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, 22 may kuni Rossiya Federatsiyasi harbiy delegatsiyasi a'zolari Samarqandning tarixiy va madaniy yodgorliklari bilan tanishadilar.
Mavzuga oid
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
07:51 / 12.12.2024
AQShda kongressmenlar 2025 yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi
15:22 / 05.12.2024