Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» Emerini yangi bosh murabbiy sifatida tasdiqladi
«Arsenal»ning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri bo‘lishi tasdiqlandi. Bu haqda londonliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Ispaniyalik mutaxassis ushbu lavozimda 22 yil ishlab kelgan Arsen Vengerni almashtirmoqda.
Hozircha kelishuvning barcha jihatlari oshkor etilmayapti. Tomonlar yaqin vaqt ichida rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu 46 yoshli mutaxassis bilan «2+1» ko‘rinishida shartnoma imzolanib, unga yiliga 5 million funtlik maosh tayinlanadi.
O‘tgan mavsumni «PSJ»da o‘tkazgan ushbu mutaxassis jamoa bilan Fransiya chempioni bo‘ldi va kuboklarni qo‘lga kiritdi. Ammo Chempionlar ligasidagi natija rahbariyatni qoniqtirmadi va u bilan shartnoma uzaytirilmadi. Ushbu murabbiy turli davrlarda «Lorka Deportivo», «Almeriya», «Valensiya», «Spartak» va «Sevilya» klublarini ham boshqargan.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026