Jahon | 01:15 / 23.05.2018
3907
1 daqiqa o‘qiladi

Nikolas Maduro 2025 yilgacha Venesuela prezidenti deb e'lon qilindi   

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro 2019-2025 yillar uchun mamlakat prezidenti deb e'lon qilindi. Tegishli bayonotni 22 may kuni mamlakat milliy saylov kengashi raisi Tibisay Lusena berdi.

Lusena Maduroga u 20 maydagi prezident saylovlari g‘olibi deb e'lon qilingan hujjatlarni topshirgan. 

Saylovlar natijalariga ko‘ra, Maduro 6,2 mln ta ovoz olgan, uning asosiy raqibi Enri Falkonni 1,9 mln kishi qo‘llab-quvvatlagan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid