Jahon | 09:37 / 23.05.2018
31386
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: ruslarning S-500’i «bebaho aktivdir»

Foto: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi

Military Watch Magazine nashri ekspertlarining fikricha, S-500 «Prometey» zenit raketa kompleksi Rossiya uchun «bebaho aktiv»ga aylanadi.

Ta'kidlanishicha, S-500’ni seriyali ishlab chiqarishni boshlash Rossiya uchun strategik ahamiyatga ega masala. Sababi g‘arb davlatlari gipertovushli va qit'alararo ballistik raketalarni ishlab chiqarishga «oshirilgan stavka qo‘yishdi».

Ekspertlarning fikricha, ruslarning yangi zenit raketa majmualari gipertovushli raketalar hujumini bartaraf etishi mumkin. Shu bilan birga, ular bunday imkoniyatlarga ega dunyodagi birinchi tizimga aylanadi.

S-500 «yer-havo» yangi avloddagi zenit raketa tizimlari sirasiga kiradi. U uzoq masofalar va raketalarga qarshi mudofaa salohiyatiga ega, yuqori tutib olishga mo‘ljallangan universal kompleks ekani aytilyapti. Shuningdek, u ballistik raketalarni ham tutib olishga qodir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada yadroviy qurilmaga ega raketalar muvaffaqiyatsiz sinovdan o‘tkazilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid