Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Unai Emeri «Arsenal»ga bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi
«Spartak», «Sevilya» va «PSJ» sobiq bosh murabbiyi Unai Emerining rasmiy sayti mutaxassis «Arsenal» bosh murabbiyiga aylangani haqida xabar berdi.
«Arsenal» oilasining bir qismiga aylanganimdan faxrlanaman», - deyiladi xabarda. Shundan so‘ng sayt ishlashdan to‘xtagan.
Avvalroq, Emerining London klubi bilan shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. 46 yoshli ispaniyalik murabbiyning ish haqi yiliga 5 mln funt sterlingni tashkil qiladi.
Emeri so‘nggi ikki yil davomida «PSJ» bosh murabbiyi sifatida ishladi va klubni joriy mavsum yakunida tark etdi.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026