Jahon | 09:16 / 24.05.2018
4576
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh avtomobillar importiga bojlarni oshirishi mumkin

Foto: AP Photo/Ben Margot

Qo‘shma Shtatlar hukumati import avtomobillariga olib kirish bojlarini 25 foizga oshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbalarga asosan ma'lumot berdi.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, bunday tashabbus hozircha ishlab chiqish jarayonida turibdi. Manbaning qayd etishicha, AQSh Savdo vazirligi loyiha haqidagi batafsil jihatlarni payshanba, 24 mayda xabar qilishi kerak. Nashrdan qo‘shimcha qilishlaricha, bojlarni oshirish bo‘yicha qaror «milliy xavfsizlik masalalaridan» kelib chiqqan holda qabul qilinishi mumkin.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp po‘lat va alyuminiyga import bojlarini joriy etish haqida qaror qabul qildi. Bu qonun qator davlatlar tomonidan tanqid ostiga olindi, ba'zilar AQShga xuddi shunday choralar bilan javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo‘ygani xabar berilgandi.

Mavzuga oid