Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura aksiyalarga bog‘liq firibgarlikni fosh etdi
Foto: iStock
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, fuqaro O. o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida ishlashini aytib, “O‘zpaxtasanoat” AJning aksiyalarini tovar-xomashyo birjasidan olib berishni va'da qilib, fuqaro J.dan 12 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura GM-Uzbekistan’ga 1400 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs ushlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:30
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
12:00 / 21.01.2026