Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun 10 ming grant ajratdi
Qozog‘iston Respublikasi o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun 10 mingta grant o‘rinlari ajratgan. «Narodnoye slovo» gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, bu haqida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Qozog‘iston ta'limi kunlari» tadbirida ma'lum qilgandi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik abituriyentlar Qozog‘istonning 30ta institut, universitet va akademiyalarida imtiyozli ravishda iqtisodiy, texnik, tibbiy va gumanitar yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.
Ayni vaqtda ikki davlat vazirliklari o‘rtasida oliygohlarda berilgan oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Samarqandda o‘tkazilgan Qozog‘iston ta'lim kunlarida qo‘shni respublikaning 15dan ortiq o‘quv muassasalari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etgandi. Bu tadbirda abituriyentlar o‘quv muassasalaridagi sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025