Obid Asomov rahbarlik lavozimiga tayinlandi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Agzamovich Asomov «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3176- sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekkino» Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1030-sonli qarorlariga asosan «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK tashkil etilgandi.
Obid Asomov 1963 yil 22 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan. 1993 yilda «Obid-A» teatrini tashkil qilgan. O‘zbekiston va xorijda mashhur qiziqchi, iste'dodli aktyor sifatida tanilgan.
Mavzuga oid
17:32 / 02.09.2021
“Ko‘nglimiz tog‘day ko‘tarildi” - taqdirlangan marhum san'atkorlarning yaqinlari
11:56 / 26.06.2020
O‘zbekistonda xususiy multiplikatsiya studiyalarini rivojlantirish taklif qilindi
18:15 / 15.12.2018
Obid Asomov so‘nggi manzilga kuzatildi
18:10 / 14.12.2018