Özbekistonda xizmat körsatgan artist Obid Asomov vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qilmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligidagi manba ham bu ma'lumotni tahririyatga tasdiqladi.
Taniqli qiziqçi va aktyor bundan bir neça kun muqaddam oğir yurak xuruji bilan poytaxtdagi 1-son şahar klinik şifoxonasining Jonlantiriş bölimiga yotqizilgandi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, Obid Asomov bugun, 14 dekabr kuni ötkir yurak xuruji tufayli hayotdan köz yumgan.
Obid Asomov 1963 yil 22 oktabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanida tavallud topgan. N.Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr va rassomçilik institutida öqigan. 1993 yilda «Obid-A» teatrini taşkil qilgan. Özbekiston va xorijda maşhur qiziqçi, iste'dodli aktyor sifatida tanilgan.
2006 yildan Rossiya televideniyesi «Rossiya-1» telekanalining «Egri oyna» («Krivoye zerkalo») hajviy körsatuvida qatnaşib kelgan. Şundan söng, Obid Asomov bir neça yil davomida Özbekiston televideniyesida körinmadi.
2018 yil 24 may kuni Obid Asomov Özbekfilm qoşidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi» DUK direktori etib tayinlangandi.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.









