Uşbu uç marhum san'atkor, bir neça ön fidoyilar qatorida, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlandi.
“Marhumlarni ham taqdirlaşlarini kutmagandik”
Abdulloh Mas'udov, marhum san'atkor Fathulla Mas'udovning öğli:
— Biz otamiz taqdirlanadilar deb öylamagan edik. Faqat hayot insonlarni taqdirlaşadi deb öylardik. Bildimki, otamning mehnatlari zoye ketmagan.
Otamga berilgan mukofotni biz farzandlar, albatta oqlaymiz. Bu e'tirof uçun prezidentimizga minnatdorçilik bildiramiz. Mening otam vafot etmagan: oila a'zolarining, xalqning yuragida yaşaydilar.
“Çökib qolgan könglimiz toğday kötarildi”
Tojibar Azizova, marhum san'atkor Mirza Azizovning turmuş örtoği:
— Turmuş örtoğim hayotlik çoğlarida mehnatlariga yaraşa rağbat ham olgandilar. Lekin hayotdan köz yumganlaridan keyin ham şunday buyuk, atoqli san'atkorlar qatori mukofotlarga munosib deb topişdi. Bu bizning çökib qolgan könglimizni toğday kötardi. Mingdan ming rahmat aytaman.
“Bu mukofotlar otamning armoni edi”
Nargiza Asomova, marhum san'atkor Obid Asomovning qizi:
— Qayta oyoqqa turganday böldik. “Otangiz ölmagan” deganday yelkamizni kötarib qöyişdi. Oilamiz, yaqinlarimiz nomidan taşakkur bildiraman. Bu xabarni eşitib barça qarindoş-uruğlar tabriklaşyapti.
Menimça, otamga şunday mukofotlar bir armon bölib qolgan edi.
Şavkat Mirziyoyev: Marhumlarimizga nisbatan adolatsizliklar bölganidan xabardorman










