Jahon | 15:32 / 25.05.2018
8425
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Eronga qarshi ogohlantiruvchi choralarga tayyor

Foto: Getty Images

Isroil ekologiya va Al-Quds ishlari bo‘yicha vaziri Zeyev Elkinning ma'lum qilishicha, Isroil tomoni Eronning Suriya hududida mustahkamlanishiga yo‘q qo‘ymaslik maqsadida ogohlantiruvchi choralarni qo‘llashga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Elkinning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomonining Suriya hududidagi harbiy ishtiroki Isroil uchun tahdid sanaladi va Suriya hukumati uchun muammodir. Vazirning tushuntirishicha, Eron Suriya hududidan Isroil tomoniga hujumlar uchun platsdarm sifatida foydalanishga intilmoqda.

«Biz xuddi avvalgidek ogohlantiruvchi qadamlarni qo‘yishda davom etamiz, bu Eronning Suriyada harbiy jihatdan mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak», - deya ma'lum qildi Elkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eron bilan munosabatlar qanday shartda tiklanishini ma'lum qilgandi

Mavzuga oid