Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eron bilan munosabatlar qanday shartda tiklanishini ma'lum qildi
AQSh Eronga bosim o‘tkazishda davom etadi, bu ushbu mamlakat xalqi rahbariyat bo‘yicha tanlovni amalga oshirmagunga qadar ro‘y beradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
Davlat kotibi dushanba kuni Vashingtondagi Heritage Foundation’da chiqish qilib, Eronga asosiy talablarni bildirdi. Shu bilan birga, Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh Eron xalqiga qarshi emas, biroq uning rahbariyati "boyishiga" qarshi chiqadi.
"Yakunda Eron xalqi rahbariyat bo‘yicha tanlovni amalga oshirishga majbur bo‘ladi. Agarda ular qarorni tez qabul qilsa, bu yaxshi bo‘ladi. Agarda ular bunday qilishmasa, biz o‘zimiz istagan natijaga erishgunga qadar qat'iy harakat qilamiz", - degan Pompeo.
AQSh Eron bildirilgan talablarga rioya etsa, munosabatlarni tiklashga hamda Tehronga iqtisodiyotni rivojlantirishda yordam berishga tayyor, dedi Pompeo.
"Biz rejimga qarshi o‘zimizning barcha sanksiyalarimiz bazaviy komponentlarini to‘xtatishga tayyormiz hamda Eron bilan keng ko‘lamli diplomatik va savdo munosabatlarini tiklashdan xursand bo‘lamiz, shuningdek, Eronga eng zamonaviy texnologiyalarni ham yetkazib berish haqida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi", - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Uning va'da berishicha, “Eron iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi va modernizatsiyasiga” ko‘mak ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronga «dahshatli» moliyaviy bosim bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026