Jamiyat | 15:30 / 25.05.2018
31922
2 daqiqa o‘qiladi

Kelin o‘z qaynonasining qotiliga aylandi

Illyustrativ foto/iStock

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida ayblanuvchi G.Qayumovaga nisbatan hukm o‘qildi. Sud F.Abduraimov raisligida o‘tkazildi.

Vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsak, sudlanuvchi G.Qayumova qasddan odam o‘ldirish jinoyatini quyidagi holatda qasddan sodir etganligi aniqlandi. Jumladan, u 2017 yil 27 oktabr kuni soat 18:00larda o‘zi yashab kelayotgan Farg‘ona tumani, “Yordon” MFY, Archazor ko‘chasi, 37-uyda qaynonasi N.Ergasheva bilan o‘z farzandlari tarbiyasi masalasida o‘zaro og‘zaki janjallashib ketgan. Shunda G.Qayumova ikki farzandini olib o‘z xonasiga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida, N.Ergasheva janjalni davom ettirib, unga tashlanib, qo‘li va o‘qlov bilan yuzi hamda boshiga urib, bir-birlarini urishib, xovliga chiqib, ikkalasi ham yerga yiqilib tushgan. Shunda G.Qayumovaning jaxli chiqib, N.Ergashevani qasddan o‘ldirish maqsadida o‘sha yerdagi tosh bilan uning hayoti uchun muhim bo‘lgan bosh qismiga bir necha marta urib, unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan. Jinoyatni sodir etilishida o‘zaro yana ichki oilaviy nizolar borligi tergov jarayonida aniqlangan.

Sud Qayumova Gulira'no Abduqodir qiziga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan JKning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Mavzuga oid