Sport | 18:16 / 25.05.2018
8388
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino bir yo‘la ikki ayolga uylanayogani haqidagi xabarlarni inkor etdi

Foto: Getty Images

Braziliya futboli afsonasi Ronaldino bir yo‘la ikki ayolga uylanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Avvalroq, matbuotda uning Rio-de-Janeyro shahridagi hashamatli uyida yashayotgan ikki mahbubasi bilan avgust oyida to‘y marosimini o‘tkazishi haqida yozilgandi.

«Juda katta yolg‘on. Hamma bu haqda yozyapti, ammo bu uydirma. Butun dunyo menga qo‘ng‘iroq qilmoqda, biroq, hech qanday to‘y rejalashtirilayotgani yo‘q», – dedi Ronaldino Globo nashriga.

Mavzuga oid