Braziliyalik maşhur futbolçi Ronaldino qarzlar tufayli pasportidan mahrum böldi. Bu haqda Globo Esporte ma'lum qildi.  

Ma'lumotlarga köra, sobiq futbolçi 2015 yilda taqiqlangan joyda ombor va baliq tutiş platformasini quriş bilan ekologik ziyon yetkazgani uçun jarimaga tortilgan. Biroq Ronaldino jarimani tölamagan va şu sababli sud uning pasportini olib qöyişga qaror qilgan. Şuningdek, uşbu işga futbolçining ukasi Roberto de Assis ham aralaşgan.

38 yoşli Ronaldino joriy yanvarda futbolçilik faoliyatini yakunladi. U öz vaqtida “PSJ”, “Barselona”, “Milan” kabi maşhur klublar safida töp surgan. 2005 yilda dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb topilib, “Oltin töp” bilan taqdirlangan.