Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat muhojirlari uchun yangi cheklov joriy qilinadi
Rossiyada ishlashga huquq beruvchi patentni olish qiyinlashadi – Mehnat vazirligi vizasiz davlatlardan keladigan mehnat muhojirlari uchun yangi cheklovlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlagan. «Rossiyskaya gazeta» xabariga ko‘ra, ushbu hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar Federal portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.
Ayni vaqtda mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun patent olishdagi yagona to‘siq – patent uchun qimmat narxlar edi. Agar biron hudud mehnat muhojirlariga talab ko‘p emasligini ma'lum qilsa, patent narxlari oshadi, har bir migrant ham bunday patentlarni sotib ololmaydi. Agar hududda mehnat muhojirlariga talab mavjud bo‘lsa – narx minimumga qadar pasayadi.
Ammo Mehnat vazirligidagilar bunday «to‘siq» mexanizmini yetarli deb bilmagan va yangisini taklif qilgan. Endi regionlar mehnat muhojirlari patent bo‘yicha ishlashi mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxatini tuzadi. Agar mehnat muhojiri bu ro‘yxatdagi mutaxassisliklardan biriga egalik qilmasa, u hududda ishlash uchun patent ololmaydi.
Mavzuga oid
07:21 / 26.03.2026
Texnologiyalar qayerda yaratiladi: patentlar bo‘yicha davlatlar reytingi
19:11 / 19.03.2026
Rossiyada migrantlarning farzandi va patent egalari uchun qoidalar kuchaytiriladi
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
22:48 / 17.02.2026