Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda piyodalar uchun svetoforlarga taymerlar o‘rnatilmoqda
Toshkentda hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan piyodalar svetoforlarini teskari sanoq taymeriga ega svetoforlarga almashtirish loyihasi boshlandi, deb yozadi Gazeta.uz. Ilk 6ta svetofor 24 may kuni poytaxt markazidagi Zarafshon va Matbuotchilar ko‘chalari kesishmasiga o‘rnatildi.
Yangi svetoforlar yo‘llarni piyodalar uchun qulayroq va xavfsizroq qilish maqsadida, birinchi navbatda piyodalarning katta oqimi kuzatiladigan joylarga, shuningdek, ko‘chalarning tirband va xavfli qismlariga o‘rnatiladi.
Svetoforlar birinchi navbatda almashtiriladigan joylar ro‘yxati tuzilgan, u to‘ldirib boriladi. Birinchi bosqichda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yorug‘lik diodli svetoforlarni sotib olish rejalashtirilmoqda. Avtomobillar uchun taymerli svetoforlarni o‘rnatish rejalashtirilmayapti.
Yaqin kunlarda quyidagi ko‘chalarda svetoforlar almashtiriladi:
1. Mustaqillik (Darxondagi piyodalar o‘tish joyi);
2. Mirzo Ulug‘bek — Musavvirlar;
3. Parkent (Parkent bozori qarshisidagi ikkita piyodalar o‘tish joyi);
4. Afrosiyob ko‘chasi («Moviy gumbazlar» xiyoboni yonidagi piyodalar o‘tish joyi);
5. Shota Rustaveli — Minglar;
6. Shota Rustaveli (Askiya bozori va Muqimiy oralig‘iga);
7. Muqimiy ko‘chasi (173-maktab);
8. Muqimiy ko‘chasi («Sport tovarlari» chorrahasi);
9. Moyqo‘rg‘on — Binkat (AQSh elchixonasi yaqinida).
Mavzuga oid
10:06 / 18.02.2026
Toshkentda qalbaki dori va biologik qo‘shimcha ishlab chiqargan sex aniqlandi
23:07 / 17.02.2026
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqargan ayolning ruhiy holati tekshiriladi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
11:56 / 17.02.2026