Jahon | 19:00 / 26.05.2018
4634
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada 9ta bankni o‘marishda gumonlanayotgan 66 yoshli erkak ushlandi

Foto: AFP

Ispaniya politsiyasi 66 yoshli erkakni hibsga oldi, u so‘nggi bir necha oy davomida to‘qqizta bankni o‘marganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, erkak Xetafedagi mehmonxonada qo‘lga olingan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi banklarni 35 yil davomida o‘margan, so‘nggi jinoyatlarini esa Madrid, Toledo hamda Alikanteda sodir etdi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi bankka yuzini yashirmagan holda kirib, tashkilot xodimiga to‘pponcha bilan tahdid qilgan va xotirjam ohangda pul berish talabini qo‘ygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid