Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni nemis kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda - OAV
Foto: TASS
Germaniyaning Yaqin Sharqdagi siyosatidan norozi bo‘lgan Saudiya Arabistoni nemis firmalariga buyurtmalar berishni to‘xtatmoqda. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud davlat muassasalariga tegishli ichki topshiriq bergan. Bu haqda Der Spiegel xabar qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning Siemens, Bayer va Boehringer kabi yirik kompaniyalari sanksiyalarga uchragan, ular ko‘p yillardan beri Ar-Riyoddagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan faol hamkorlik qilib keladi. Buyurtmalarga taqiq Ar-Riyod va Jiddaga yuzlab avtobuslar yetkazib berishi lozim bo‘lgan Daimler avtokonserniga ham tegishli.
"Biz Der Spiegel xabarini tasdiqlay olmaymiz, ishlarimiz yaxshi holatda ketmoqda", - deya ma'lum qilgan Daimler vakili. Siemens, Bayer hamda Boehringer izoh berishdan bosh tortgan, shuningdek, Saudiya Arabistoni ham bu borada munosabat bildirmadi.
Shu bilan birga, Ar-Riyodda ishlovchi yuqori mansabli nemis menejyerlaridan biri sanksiyalar haqidagi ma'lumotni qisman tasdiqladi. "Og‘riqli oqibatlar sog‘liqni saqlash sohasida sezilmoqda. Buyurtmalardan, birinchi navbatda, Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi voz kechmoqda", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyaning "g‘oyib bo‘lgan" valiahd shahzodasi haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026