Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud telefon orqali muloqot ötkazdi. Bu haqda Fransiya rahbari saytida xabar berilgan.
«Prezident Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan suhbatlaşdi. Bu muloqot asosiy ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar böyiça «soatlarni tekşirib oliş»ga imkon berdi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, Makron suhbat davomida «Fransiyaning Eron yadroviy dosesi, Suriya va Yaman böyiça majburiyatlarini tasdiqladi».
Şu bilan birga, Fransiya prezidenti Yaqin Şarqni beqarorlaştirayotgan inqirozlarga tinç yeçim topişni izlaş muhim ekanini ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni podşohligi şahzodasi Muhammad bin Salmon bir oydan buyon omma oldida çiqiş qilmagani xabar qilingandi. Erondagi naşrlar valiahd Muhammad bin Salmon jiddiy jarohatlangani haqida xabarlar tarqatgandi.












