Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning So‘g‘d viloyatida O‘zbekistonga olib boradigan yo‘lni tiklash boshlandi
Tojikistonning So‘g‘d viloyatida ishchilar Xo‘jandda O‘zbekistonga olib boradigan avtotrassani bog‘lovchi asosiy yo‘llardan birini rekonstruksiya qilish va asfalt yotqizishni boshlashdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston So‘g‘d viloyati rahbari matbuot xizmatiga asosan xabar qilgan.
So‘g‘d rahbari Rajabboy Ahmadzodaning ta'kidlashicha, bu yo‘l mintaqa iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega.
Yo‘lni rekonstruksiya qilish Navro‘zgoh kesishmasidan Orom kesishmasiga qadar bo‘lgan qismni qamrab oladi.
Shuningdek, Ahmadzodaning xabar berishicha, bugun viloyat hududida Konibodom-Isfara, Isfara - Qirg‘iziston bilan chegara, Jabbor Rasulov-Qirg‘iziston bilan chegara avtotrassalarining umumiy qiymati 20 million dollardan ziyod bo‘lgan rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda. Bu kommunikatsion tupikdan butunlay chiqish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolar o‘rtasida vizasiz safar qilishga oid kelishuv shu yilning 9 martida Dushanbe shahrida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan. Shartnoma ikki mamlakat fuqarolarining 30 kungacha vizasiz qolishini nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston O‘zbekiston bilan avtomobil qatnoviga oid shartnomani ratifikatsiya qilgandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024